Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya harbiy-transport yo‘lagini yaratadi
Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya ushbu uch mamlakatning shimoliy hududlaridan o‘tuvchi harbiy-transport yo‘lagini yaratish haqida kelishib oldi. Qaror haqida Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore shved hamkasbi Ulf Kristersson va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuvlardan keyin e’lon qildi.
Styorening so‘zlariga ko‘ra, yangi yo‘lak harbiy xizmatchilar va qurilmalarni Norvegiya portlaridan Shvetsiya va Finlyandiya orqali tezkorlik bilan joylashtirish imkonini beradi. Uchala mamlakat mudofaa vazirlariga fuqarolik subyektlari bilan hamkorlikda yo‘lakni yaratish ustida ishlash topshirildi. Yo‘lak uzunligi va boshqa tafsilotlar keltirilmayapti.
Avvalroq Telegraph o‘z manbalariga tayanib, NATO mamlakatlari Yevropa va Rossiya o‘rtasida “quruqlikdagi yirik urush” yuz bergan taqdirda AQSH qo‘shinlari va zirhli texnikasini front chizig‘iga joylashtirish uchun ko‘p sonli “yer usti yo‘laklari”ni ishlab chiqayotganini ma’lum qilgan edi. Xususan, qo‘shinlarni Bolqondagi portlar yoki Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiya orqalijoylashtirish variantlari ko‘rib chiqilayotgan edi.
Sharhlar