AQSH Ukrainaga 1,7 mlrd dollarlik harbiy yordam ajratadi
AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga ikkita yordam paketi taqdim etilishini e’lon qildi, deb yozadi DW.
200 million dollarlik birinchi paketga havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari, HIMARS tizimlariga o‘q-dorilar, minomyot snaryadlari va Javelin tankka qarshi raketalari kiradi. Ushbu paket doirasidagi qurol-yarog‘lar Ukrainaga bevosita Amerika armiyasi omborlaridan yuboriladi.
1,5 milliad dollarlik ikkinchi, ahamiyatliroq yordam paketi esa Ukraina xavfsizligiga yordam ko‘rsatish tashabbusi doirasida ajratiladi. Ushbu dastur Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri texnika yuborilishini emas, balki qurol ishlab chiqarish yoki sotib olish uchun korxonalar bilan shartnomalar tuzilishini ko‘zda tutadi. Kiyev boshqa qurollar bilan bir qatorda, havo hujumiga qarshi mudofaani kuchaytirish uchun vositalar, HIMARS va NASAMS tizimlari uchun o‘q-dorilar, radioelektron kurash vositalari, yuqori aniqlikdagi aviatsiya o‘q-dorilarini qo‘lga kiritadi.
Ta’kidlanishicha, bu 2021-yil avgustidan buyon Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Ukraina xavfsizligiga yordam ko‘rsatish tashabbusi doirasida taqdim etiladigan yigirmanchi yordam paketi va AQSH harbiy texnikasining 62-transhidir.
Sharhlar