KXDR Janubiy Koreya hududiga axlat ortilgan havo sharlarini uchirdi
KXDR 150 tadan ortiq axlat ortilgan havo sharlarini Janubiy Koreyaga yubordi, bu haqda “Ryonxap” agentligi Seul Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib xabar bermoqda.
Janubiy koreyalik harbiylar ma’lumotlariga ko‘ra, havo sharlari 28-may kuni kechqurun chegarani kesib o‘tishni boshlagan va butun mamlakat bo‘ylab turli joylarga tushgan. Havo sharlariga, xususan, plastik butilkalar, batareykalar, poyabzal bo‘laklari va go‘ng ortilgan.
KXDR mamlakatda Janubiy Koreya agitatsiya materiallari tarqatilganidan keyin axlat solingan havo sharlari uchirilishini e’lon qilgandi. “Ryonxap” qayd etishicha, Shimoliy Koreyadan Janubiy Koreyaga qochib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan odamlar uzoq yillar mobaynida KXDRga Kim Chen Inga nisbatan tanqid so‘zlari yozilgan varaqalar ortilgan ahvo sharlarini yuborib turgan.
Sharhlar