Jo Bayden o’g’li Xanter Baydenni kechirdi

фото: nur.kz

AQSh prezidenti Jo Bayden noqonuniy qurol saqlash va soliq qonunchiligini buzganlikda ayblangan o‘g‘li Xanterni afv etdi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.

“Prezident sifatidagi birinchi kunimdanoq men Adliya vazirligi qarorlariga aralashmasligimni aytdim va hatto oʻgʻlimning tanlab va adolatsiz taʼqib qilinayotganini kuzatganimda ham oʻz soʻzimda turdim”, – dedi Bayden.

Iyun oyida hakamlar hay’ati 54 yoshli Xanter Baydenni 2018-yilda qurol sotib olayotganda giyohvandlik faktini yashirganlikda aybdor deb topdi. Kichik Bayden AQSh tarixidagi amaldagi prezidentning jinoyatda ayblangan birinchi o‘g‘liga aylangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.