Qirg‘iziston prezidenti jiyaniga dabdabali tarzda turmush qurishni taklif qilgan yigit hibsga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning jiyani Lazzat Nurkojoyevaning qallig‘i Aftandil Sabirbekov narkotiklar sotishda gumonlanib, huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “24.kg” o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
U allaqachon tergov izolyatoriga joylashtirilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov o‘z jiyani uchun uzr so‘rab chiqqandi, qiz yigiti turmushga chiqishni taklif qilgan videoni joylagan, uni tasvirga olishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi vertolyotidan foydalanilgan edi.
Japarov ta’kidlashicha, bo‘lajak kuyov prezidentni noqulay vaziyatga qo‘ymaslikka harakat qilishi, uning jiyani qo‘lini bu tarzda so‘rashdan avval o‘ylab ko‘rishi kerak edi.
Sharhlar