Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida parlament binosini suv bosdi
Nyu-Dehliga yopirilgan kuchli yomg‘irlar oqibatida Hindiston parlamentining yangi binosi qisman suv ostida qoldi, deb yozadi “Zakon.kz”.
Suv shisha tom orqali sizib o‘tib, binoning lobbisini bosgan. Deputatlar endi parlament binosining mustahkamligiga shubha bildirmoqda.
Parlament deputatlari yangi binoga 2023-yil sentabrida ko‘chib o‘tgan, uchburchak shaklidagi bino parlamentning ikkala palatasi qo‘shma majlislari uchun moslashtirilgan.
1-avgustga o‘tar kechasi Nyu-Dehlida musson yomg‘irlari boshlandi, oqibatda shaharning turli qismlarida katta miqyosda toshqinlar yuz berdi, 2 kishi halok bo‘ldi.
Ulashish:
Sharhlar