Hindiston janubida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi
Hindiston janubidagi Kerala shtati tog‘li hududida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab inson jabrlandi.
“AzerTAJ” xabarida yuzlab odamning taqdiri noma’lumligi ham qo‘shimcha qilingan. Qutqaruv ishiga mintaqadagi yirik ko‘prik qulashi to‘sqinlik qilmoqda. Tabiiy ofatni kuchli yog‘ingarchilik keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.
Shtat sog‘liqni saqlash vaziri Vina Jorj aytishicha, 70 dan ziyod kishi jarohatlangan. Ko‘pchilikni Choliyor daryosi oqizib ketdi, deb yozgan “Indian Express”.
Mamlakat meteorologiya departamenti sharros yomg‘ir kun bo‘yi davom etishini taxmin qilmoqda.
Kerala kuchli yomg‘ir va toshqinga moyil. 2018-yil shtat tarixidagi eng fojiali toshqinlardan biri tufayli 400 ga yaqin inson hayotdan ko‘z yumgan edi.
Sharhlar