Hindistonda o‘nlab kishi diniy marosimda yuz bergan tiqilinchda halok bo‘ldi
Hindiston shimolida o‘tkazilgan diniy marosimda yuz bergan tiqilinchda kamida 26 kishi, asosan ayollar halok bo‘ldi, deya xabar beradi BBC.
Voqea markaziy Uttar-Pradesh shtatidagi Xatras shahridagi Xatras tumanida satsang (odamlarning guru bilan muloqoti) paytida sodir bo‘lgan.
Qurbonlar orasida 23 ayol va uch bola bor, deydi politsiya vakili.
Tiqilinchga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
Ulashish:
Sharhlar