Hindistonda stajyor ayol zo‘rlanib o‘ldirilganidan keyin shifokorlar norozilik namoyishiga chiqdi

Фото: REUTERS/Amit Dave

Bugun Hindistondagi tibbiyot muassasalari Kolkata tibbiyot kollejida (Kalkuttaning avvaogi nomi) 31 yoshli stajyor ayolning shafqatsizlarcha zo‘rlanishi va o‘ldirilishiga qarshi  butun mamlakat bo‘ylab 24 soatlik ish tashlash o‘tkazmoqda. Hindiston tibbiyot assotsiatsiyasining ta’kidlashicha, shifoxonalar va xususiy klinikalardagi shifokorlar selektiv muolajalarni bajarish yoki ambulatoriya bemorlarini qabul qilishdan bosh tortmoqda. Istisnolar faqat favqulodda vaziyatlarda qo‘llanilyapti, ularga tibbiyot kollejlarining o‘qituvchilari jalb qilingan.

Namoyishga bir milliondan ortiq shifokor qo‘shilishi kutilmoqda, bu esa dunyodagi eng zich joylashgan mamlakatda tibbiy xizmatlar falaj bo‘lishini anglatadi. 9 avgust kuni Kolkata davlat kasalxonasida ishlovchi stajyor ayolning jasadi topildi. Sud-tibbiyot ekspertizasi ayol zo‘rlanganini tasdiqladi, marhumaning oilasi es ayol guruh bo‘lib zo‘rlanganini ta’kidlamoqda.

“Ayollarga nisbatan bunday xatti-harakatlar qattiq va tez jazolanishi kerak”, – deydi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi. Ayollarni jinsiy zo‘ravonlikdan yetarli darajada himoya qilmaslikka qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bosimi ostida, Nyu-Dehli hukumati so‘nggi yillarda zo‘rlash uchun jazolarni kuchaytirdi. Endi bunday jinoyat, alohida hollarda, hatto o‘lim bilan jazolanadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.