Eron va “Hizbulloh” raketa bo‘linmalarida jangovar shaylik darajasini pasaytirdi
Eron Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Tehronda o‘ldirilishiga javob qaytarishni kechiktirishi kutilmoqda, deb yozadi The New York Times AQSH, Eron va Isroildagi manbalariga tayanib. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron vositachilarga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtats=ishga erishish uchun vaqt bermoqda.
NYT yozishicha, Isroil razvedkasi Eron va “Hizbulloh” o‘z raketa bo‘linmalarida jangovar shaylik darajasini pasaytirgan, deb hisoblaydi. Ayni paytda Isroil Eronning zarbasi keyinroq berilishi mumkin, degan fikrda. Ammo Isroil razvedkasi ma’lumotlari doimiy o‘zgarib turibdi.
Avvalroq Eron va “Hizbulloh” Tehronda Ismoil Xoniya va Bayrutda Livan harakatining harbiy qanoti qo‘mondonlaridan biri Fuad Shukur o‘ldirilganidan keyin Isroilga zarba berish bilan tahdid qilgan edi. Shuningdek, Reuters Eron G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishuvlarga erishish uchun hujumni kechiktirishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Sharhlar