“Hizbulloh” Bayrutga berilgan zarba natijasida harakatning 16 nafar a’zosi halok bo‘lganini tasdiqladi
“Hizbulloh” Bayrutga berilgan zarba natijasida harakatning 16 a’zosi, jumladan yetakchi Hasan Nasrullohning “o‘ng qo‘li” Ibrohim Aqil halok bo‘lganini tasdiqladi.
Aqil “Radvan” maxsus bo‘linmasi komandiri edi. Bir kun oldin uning o‘limi haqida Isroil mudofaa kuchlari xabar bergan.
U bilan birga “Hizbulloh”ning boshqa yuqori martabali qo‘mondonlari ham o‘ldirilgan, ular “Hamas” 7-oktyabr kuni Isroil janubida qilgan ishni Shimoliy Isroilda qilishni” rejalashtirgan.
2024-yil boshigacha “Radvan”ning faoliyatini nazorat qilgan Ahmad Mahmud Vahbiy ham zarbada halok bo‘lgan.
Ulashish:
Sharhlar