Hizbulloh Tel-Avivga raketa hujumini boshladi
Tel-Aviv yaqinida Hizbullohning raketa zarbasi paytida besh kishi shrapneldan jarohat oldi, deb xabar bermoqda The Times of Israel.
Jabrlanganlardan biri, 54 yoshli ayolning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Yana bir kishining ahvoli o‘rtacha og‘ir, uch nafari yengil tan jarohati olgan.
IDning xabar berishicha, Livan hududidan uchirilgan raketa havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib olingan. Biroq, tutqichning qoldiqlari Tel-Aviv yaqinidagi Ramat Gan va Bney Brak hududiga tushdi.
Isroilning N12 telekanaliga ko‘ra, Ramat-Gan shahrida yong‘in shrapnel elektr tarmog‘iga tegib ketganidan keyin boshlangan. Ko‘chada yo‘lovchisiz qolgan avtobus ham shikastlangan.
Ulashish:
Sharhlar