Hujum oqibatida Belgorodning 37 fuqarosi tan jarohati oldi
Belgorodga qilingan hujum natijasida 37 kishi yaralangan, besh kishi halok bo’lgan. Bu haqda Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaralanganlar orasida olti nafar bola ham bor. Yetti nafar kattalar va uch nafar bolaning ahvoli og‘ir.
Besh kishi halok bo’ldi: bir ayol va to’rt erkak. Ular tez yordam kelguniga qadar voqea joyida vafot etgan, dedi viloyat rahbari.
Juma kuni kechqurun mahalliy telegram kanallari maʼlumotlariga koʻra, Belgorod osmonida kamida 10 ta portlash ovozi eshitilgan. Yong‘in bir qancha hududlarda, jumladan, City Mall savdo markazi yaqinida boshlangan.
Bir kun oldin Rossiya Qurolli kuchlari KAB-500 havo bombalari bilan Xarkovga hujum qildi. Hujum natijasida Xarkovning yetti nafar fuqarosi, jumladan, 14 yoshli qiz halok bo‘lgan. 97 kishi jarohatlangan.
Sharhlar