Yaponiya hukmron partiyasi bosh qarorgohiga Molotov kokteyllari bilan hujum qilindi
49 yoshli erkak Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi bosh qarorgohi binosigaga portlovchi aralashma solingan bir nechta butilkalarni uloqtirdi, deb xabar bermoqda BBC.
Tokio politsiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, erkak binoga mikroavtobusda kelib, so‘ng besh yoki oltida Molotov kokteyllarini unga qarata otgan. Ammo hech kim jabr ko‘rmagan, butilkalardan biri politsiya mashinasiga kelib tekkan.
Shundan keyin erkak mamlakat bosh vaziri qarorgohi atrofidagi to‘siqni buzmoqchi bo‘lib, unga tutun shashkasiga o‘xshash buyumni uloqtirgan. Politsiya hujum qilgan shaxsni qo‘lga oldi, ayni paytda uning maqsadiga aniqlik kiritmoqda.
Hukmron partiya bosh qarorgohiga hujum 27-oktabrga belgilangan parlament saylovlari arafasida yuz berdi. Saylov Liberal-demokratik partiyadagi korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar va uning yetakchisi o‘zgarishi fonida muddatidan oldin bo‘lib o‘tadi.
Sharhlar