ICQ messenjeri o‘z ish faoliyatini rasman yakunladi
VKga tegishli ICQ messenjeri rasman ishlamay qoldi. Kompaniya may oyida xizmatni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini e’lon qildi.
1996-yilda yaratilgan ICQ o‘rniga messenjer veb-saytidagi foydalanuvchilarga “VK Messenger” va VK WorkSpace korporativ xizmatidan foydalanishni boshlash taklif etiladi.
ICQ 1996-yilda Tel-Avivdagi o‘rta maktab o‘quvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. 1998-yilda messenjerni Amerikaning AOL korporatsiyasi sotib oladi. 2010-yilda messenjerni Digital Sky Technologies (DST) investitsiya fondi AOL’dan 187,5 million dollarga sotib olgandi va shu yilning noyabr oyida DST qayta tashkil etildi va ICQ Mail.ru Group (hozirgi VK) tarkibiga kirgandi. 2020-yilda kompaniya messenjerni qayta ishga tushirdi va guruh muloqotiga e’tibor qaratdi. Uning asosida ICQ New messenjeri yaratildi.
Sharhlar