IFJ: Prigojin isyonidan buyon hokimiyatdan norozi rossiyaliklar soni maksimumga yetdi

Фото: Getty Images

Hukumatparast “Ijtimoiy fikr” jamg‘armasi (IFJ) so‘roviga ko‘ra, rossiyaliklarning 25 foizi hokimiyat harakatlaridan norozilik bildirgan, bu Yevgeniy Prigojin isyonidan buyon rekord darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi, o‘shanda norozilik darajasi 26 foizga yetgandi.

Kursk oblastida harbiy harakatlar boshlanganidan beri norozi odamlar soni 7 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, 2022-yil sentyabrida safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng, uch hafta ichida norozilik 21 foizdan 31 foizga oshgandi.

Shuningdek, so‘nggi ikki hafta ichida “tashvishli kayfiyat”ga ega rossiyaliklar soni 12 foizga oshib, 45 foizga yetgani, o‘z kayfiyatini “xotirjam” deb hisoblaydiganlar ulushi esa 59 foizdan 48 foizga kamaygani qayd etilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.