Ikki nomzod Belarusdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortdi

Фото: soyuz.by

Belarusdagi prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenkoning ikki ehtimoliy raqibi darhol saylovoldi poygasidan chiqishlarini e’lon qildi.

Bu haqda 12-noyabr kuni Belarus ofitserlar ittifoqi rahbari Sergey Bobrikov va Ichki ishlar vazirligining sobiq matbuot kotibi Olga Chemodanova ma’lum qildi.

Bobrikov “hozirgi rahbarni qo’llab-quvvatlash” va harbiylar orasida shubha tug’dirmaslik uchun ishtirok etishdan bosh tortishga qaror qilganini aytgan. Chemodanova o‘zi va uning jamoasi prezidentni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.