Meksikada birinchi marta ayol kishi prezident bo‘lishi mumkin

Foto: EPA

Meksikada hukmron Morena partiyasidan nomzod Klaudiya Sheynbaum, ekzitpol natijalariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Klaudiya Sheynbaum 57 foizdan ortiq ovoz bilan Meksikadagi prezidentlik saylovlarida yetakchilik qilmoqda. Meksika Markaziy saylov komissiyasining yakuniy saylov natijalari 5—8-iyun kunlari e’lon qilinadi.

Gender zo‘ravonlik keng tarqalgan va ayollar faqat 1953-yildagina ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatda ijro hokimiyatini ilk marta ayol kishi boshqarishi kutilmoqda, — deyiladi xabarda.

2-iyun kuni Meksikada umumiy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Mamlakat fuqarolari yangi prezidentni, kongress quyi palatasining 500 deputatini va 128 senatorni sayladi. Shuningdek, hududlarda sakkiz nafar gubernator va Mexiko meri uchun ham ovoz berishdi.

Sheynbaum ilmiy sohada o‘z karyerasini yaratgan. U Berklida Kaliforniya universitetida o‘qib, Meksika milliy muxtor universitetida fizika bo‘yicha ilmiy daraja olgan, shuningdek, energetika muhandisligi sohasida doktorlik darajasini qo‘lga kiritgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.