SpaceX kompaniyasi sobiq xodimlari Ilon Maskni shilqimlikda ayblab, uni sudga berdi
2022-yilda ishdan bo‘shatilgan SpaceX xodimlari milliarder Ilon Maskni jinsiy shilqimlikda ayblab Kaliforniya sudiga berdi, deb yozadi Meduza. Da’vo kompaniyaning sakkiz nafar sobiq muhandislari tomonidan berilgan.
Matnda aytilishicha, Mask kompaniyada ataylab “dushmanlik ruhidagi ish atmosferasi”ni yaratgan. Sobiq xodimlar da’vo qilishicha, Mask nafaqat shilqimlik qilgan, balki ish joyiga “ayollarni kamsituvchi jirkanch shahvoniy fotosuratlarni, memlarni va izohlarni joylagan”.
Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, ular 2022-yilda Maskning xulq-atvori haqida ochiq xat yozib chiqqanidan keyin ular o‘ch olish maqsadida ishdan bo‘shatilgan. Ularning fikricha, biznesmenning shaxsan o‘zi ularni ishdan ketkazishga qaror qilgan. Sobiq xodimlar Maskning xulqini “o‘z kompaniyalaridagi kadrlar bo‘yicha qarorlar ustidan vasvasali nazorat” deb tavsiflagan.
Sharhlar