Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga 75 mln dollar mablag‘ kiritdi
Iyuldan sentabrgacha bo‘lgan davr oralig‘ida Ilon Mask o‘zi Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi uchun yaratgan America PAC siyosiy harakatlar superqo‘mitasiga 75 million dollar kiritdi.
Hisobotlarga ko‘ra, Mask 3-iyuldan 5-sentabrga qadar yetti marta to‘lov qilgan bo‘lib, bu davrda qo‘mitaning yagona donori bo‘lgan.
Bloomberg yozishicha, America PAC Trampning ikkilanuvchi shtatlardagi kampaniyasiga hamda erkaklar orasida qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan saylovoldi rekalamasiga mablag‘larni yo‘naltiradi.
Qo‘mitaga Mask may oyida asos solgan, u Trampning shtabi bilan rasman aloqador bo‘lmasa-da, uning maqsadi — Pensilvaniya kabi asosiy shtatlarda respublikachilardan nomzodning ommabopligini oshirishdan iborat. Ushbu shtatda u 6-oktabr kuni Trampni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan mitingda nutq so‘zladi.
Sharhlar