Ilon Mask o‘z qo‘riqlov xizmati uchun yiliga millionlab dollar sarflaydi
Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask o‘zining qo‘riqlov xizmatiga yiliga millionlab dollar sarflaydi. Milliarderning xarajatlarini The New York Times gazetasi fosh qildi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda biznesmen ta’qibchilar va o‘ldirish haqidagi tahdidlarga duch kelmoqda. Shu munosabat bilan Mask davlat rahbari darajasida himoya qilinadi — uning soqchilari faoliyati kichik xavfsizlik xizmati ishiga o‘xshaydi.
Xususan, Ilon Maskning chiqishlaridan birida Tesla xavfsizlik xizmatining 30 dan ortiq xodimi butun zal bo‘ylab joylashtirib chiqilgan edi. Taklif qilinganlar ro‘yxati puxtalik bilan tuzilgan va har bir kishi oldindan tekshirib chiqilgan edi.
Sharhlar