Ekspert: Turkiya Yevroittifoqning to‘la huquqli a’zosi bo‘lish maqsadidan voz kechishni rejalashtirmoqda
Turkiya Yevroittifoqqa a’zolik bo‘yicha maqsadlarini qayta ko‘rib chiqish niyatida va “imtiyozli sheriklik” modeliga o‘tishi mumkin. Bu haqda turkiyalik tahlilchi Engin Ozerga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ozerning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Turkiyaning BRIKSga a’zoligini Yevroittifoqning Bojxona ittifoqi bilan birlashtiruvchi “o‘ziga xos ko‘prik-mamlakat” yaratishga intilmoqda.
Avvalroq Turkiyaning “Vatan” partiyasi raisi o‘rinbosari Hakan Topkurulu hukumatda g‘arbparast siyosatchilar ko‘p ekanini hisobga olganda, Turkiya parlamenti tomonidan BRIKSga a’zolikning ma’qullanish jarayoni oson bo‘lmasligini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, BRIKSga qo‘shilish uchun ariza berish muhim qadam bo‘lib, Anqara tomonidan “katta siyosiy jur’at”ni talab qiladi, ayniqsa, parlamentda ko‘plab G‘arb tarafdorlari bor bo‘lgan sharoitda.
Sharhlar