AQSH: G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitim imzolanish uchun tayyor
G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi muzokaralar ishtirokchilari bitimni imzolashga tayyor. Bu haqda Oq uy yuqori mansabli amaldori yopiq brifingda aytib o‘tdi. Avvalroq Falastinning HAMAS harakati so‘nggi muzokaralar natijalari oldingi kelishuvlarga mos emasligini ma’lum qilgandi.
“Biz erishgan narsa shu bo‘ldiki, qolib ket gan oraliqlarni bartaraf qildik, endi ushbu bitim, bizning fikrimizcha, imzolashga tayyor bo‘ldi”, — dedi Oq uy vakili jurnalistlarga.
Amerikalik mansabdor qo‘shimcha qilishicha, muzokaralar tomonlarining har birida “hamma narsani oxirigacha yetkazish istagi bor”. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitimni imzolashga yagona to‘siq Eron tomonidan ehtimoliy hujum bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Isroil va HAMAS harakati o‘rtasida vositachilik qilayotgan AQSH, Misr va Qohira Dohada muzokaralar o‘tkazib, qo‘shma bayonot e’lon qilgan hamda urushni to‘xtatishga va asirlarni ozod etishga chaqirgan edi. AQSH prezidenti Jo Bayden bitimni imzolashga “har qachongidan yaqinroq” kelinganini aytdi. HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvning yangi variantini rad etdi.
Sharhlar