Indoneziyada besh metrli piton ayolni yutib yubordi
Indoneziyada besh metrli piton ayolni yutib yubordi. Bu so‘nggi yillarda mamlakatda beshinchi shunday holat, deb yozadi Meduza.
Qalempang qishlog‘ida yashovchi 45 yoshli Farida 6-iyun kuni ertalab uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Ertasi kuni eri yaqin atrofdagi o’rmonda xotinining narsalarini topdi, shundan so’ng bir necha qishloq aholisi bu hududni o’rganishga qaror qilishdi.
Ko’p o’tmay mahalliy aholi g’ayritabiiy darajada katta qorinli pitonni payqashdi. Uni yorib, ichidan Faridaning jasadini topdilar, deb yozadi CBS. Faridaning 4 nafar farzandi qolgan.
Asosan maymunlar, cho’chqalar va boshqa sutemizuvchilar bilan oziqlanadigan to’rsimon pitonlarning vatani Indoneziya va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa qismlari. Odatda ular odamlarga hujum qilmaydi. Shu bilan birga, CBS ta’kidlashicha, Farida bilan bo’lgan voqea Indoneziyada 2017-yildan beri kamida beshinchi shunday voqea bo’ldi.
Shunday qilib, o’tgan yili Tinanggea tumani aholisi sakkiz metrli piton ichidan mahalliy fermerning jasadini topdilar. 2017-yilda yana bir fermer piton tomonidan o’ldirilgan. 2022-yilda G’arbiy Sulavesida piton ayolni yutib yubordi. 2018-yilda ham xuddi shunday holat viloyatning janubi-sharqida qayd etilgan.
Sharhlar