Turkiyada Instagram bloklandi
Turkiya Texnologiya va kommunikatsiyalar kengashi qarori bilan mamlakatda Instagram ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish imkoniyati cheklandi, deb yozadi “Kommersant”. Blokirovkaning sabablari va qancha davom etishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Turkiyaning NTV telekanali talqiniga ko‘ra, Instagram’ning bloklanishi ijtimoiy tarmoqning Falastinning “HAMAS” harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya vafoti munosabati bilan e’lon qilingan hamdardlik matnini o‘chirish qarori bilan bog‘liq. Shundan keyin Turkiya prezidenti ma’muriyati kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Faxriddin Altun platformani tanqid qilib chiqqan edi.
Amerikaning Meta kompaniyasi 2023-yil oktabrida Isroilga jangarilar hujumini qoralab, unga tegishli Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari “HAMAS” muallifligi ostidagi postlar bloklanishi haqida ogohlantirdi. Shuningdek, Falastinning ushbu harakatini qo‘llab-quvvatlab yozilgan postlar ham o‘chiriladi.
Sharhlar