Irkutsk oblastida Tu-22m strategik bombardimonchi samolyoti quladi
Aviahalokat Cheremxovoda sodir bo‘ldi, deb yozadi Baza. “Ostorojno, novosti” kanalining qayd qilishicha, samolyot Mixaylovka qishlog‘i yaqinida qulagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tu-22M bombardimonchi samolyoti qo‘shni Usolskiy rayonidagi Belaya aerodromidan havoga ko‘tarilgan, deb yozadi telegram-kanal.
Mash kanalining xabariga ko‘ra, samolyot mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan bo‘lib, uning dvigatellari havoda yonib ketgan.
Avvaliga “112” telegram-kanalida katapulta qilgani haqida yozgandi, biroq keyinchalik ular aniq ma’lumot yo‘qligiga aniqlik kiritishgan.
Samolyot halokatini Mudofaa vazirligi tasdiqladi, deb yozadi RBK.
Ulashish:
Sharhlar