Irkutskda o‘zbek milliy markazi rahbari va Tojikiston diasporasi rahbarining o‘rinbosalari hibsga olindi

Foto: migrant.uz

Irkutskda noqonuniy migratsiyani tashkil etish jinoyatida gumonlanuvchi sifatida “Наше Отечество” o‘zbek milliy markazi rahbari Yusup Qulmatov va ismi keltirilmagan Tojikiston diasporasi rahbarining o‘rinbosari hibsga olingan. Bu haqida “ИрСити” nashri Rossiya Federatsiyasi Irkutsk bo‘yicha Tergov qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.

Har ikki shaxs 2024-yil may oyida yopilgan migrantlar maktabi ishi bo‘yicha hibsga olingani qayd etilgan. Tergov qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi diasporalarning vakillari migrantlarga rus tili bo‘yicha sertifikatlarni “belgilangan tartibni buzgan holda” — imtihon va darslarsiz berganlikda gumonlanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.