AQSHda ishlash uchun ruxsatnomalar endi bir yarim yilga uzaytiriladigan bo‘ldi

Фото: SCott

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) 4-aprel kuni ishlash uchun ruxsatnomaning (EAD) avtomatik uzaytirilish davri 180 kundan 540 kungacha oshirilganini ma’lum qildi.

Bunday vaqtinchalik chora 2023-yil 27-oktabr va undan keyin EAD’ni uzaytirish uchun to‘g‘ri ariza bergan murojaat qiluvchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan immigrantlar EAD’ni uzaytirish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish kechikayotgani tufayli AQSHda ishga joylashish huquqini yo‘qotmasligi uchun ko‘rilgan choradir.

Ushbu qoida EAD’ni uzaytirish huquqiga ega bo‘lgan hamda yangi qoida haqida Federal reyestrda e’lon qilingan vaqtdan boshlab 540 kunlik davr mobaynida I-765 formasi bo‘yicha tegishli tarzda ariza bergan murojaatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.