HAMAS siyosiy byurosi rahbari Tehronda o‘ldirildi
Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya 31-iyul kuni erta tongda Tehronda o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Mehr agentligi Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) bayonotiga tayanib. Xoniya va uning tansoqchilaridan biri uning Tehrondagi qarorgohi qilingan hujum chog‘ida halok bo‘lgan.
IIPK xabarida aytilishicha, 31-iyul kuni ertalab Tehronda HAMAS harakati siyosiy ofisi rahbari Ismoil Xoniyaning qarorgohiga berilgan zarba oqibatida u va uning tansoqchilaridan biri azobli o‘lim topgan.
Ayni paytda hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilayotgani, natijalar keyinroq e’lon qilinishi aytilgan.
HAMAS harakati ham Xoniyaning o‘limini tasdiqlagan.
Ulashish:
Sharhlar