Zelenskiy frontdagi vaziyat tufayli Ispaniya va Portugaliyaga safarlarini bekor qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy so‘nggi daqiqalarda Ispaniyaga tashrifini bekor qildi, u yerda 17-may kuni mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak edi. Bu haqda EFE agentligi ma’lum qildi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, bunday qarorga Rossiya-Ukraina harbiy nizosi zonasidagi murakkab vaziyat tufayli kelingan.
Uchrashuvda Kiyev va Madrid xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirgan edi. Ukraina bunday kelishuvlarni allaqachon Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlar bilan tuzgan.
Ushbu safar doirasida Ukraina prezidenti Portugaliyaga ham tashrif buyurishi kerak edi. Ammo mahalliy OAVlarga ko‘ra, Lissabonga safar ham bekor bo‘lgan. 14-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Portugaliya tashqi ishlar vaziri Paulu Ranjel bu borada izoh berishdan bosh tortdi va bu “xavfsizlik yuzasidan” qilinganini ta’kidladi.
Sharhlar