Ispaniyada toshqindan keyin 100 mingdan ortiq odam norozilik namoyishi o‘tkazdi
Valensiya ko‘chalariga 130 mingga yaqin odam toshqindan keyin viloyat rahbari Karlos Mazonning iste’fosini talab qilib chiqdi. Bu haqda Ispaniyaning 20 minutos nashri xabar berdi.
Gazetaga ko’ra, tashkilotchilar 40 ga yaqin jamoat va fuqarolik tashkilotlari bo’lgan.
Ispaniya transport vaziri Oskar Puente 8-noyabr kuni Ispaniyada suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 223 nafarga yetganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 78 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi, 48 nafar halok bo‘lganlarning shaxsi hozircha noma’lum.
Ulashish:
Sharhlar