Isroil 7-oktyabr kuni hujum qilganlarning oilasi a’zolarini deportatsiya qilish imkonini beradigan qonunni qabul qildi
Isroil parlamenti bugun, 7-noyabr kuni 2023-yil 7-oktyabr kuni hujum qilganlarning oila a’zolarini, jumladan, mamlakat fuqarolarini urushdan vayron bo‘lgan G‘azo sektori yoki boshqa joylarga deportatsiya qilishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda Associated Press xabar beradi.
Qonunni yoqlab 61 kishi ovoz bergan, qarshilar soni 41 ta. Bu o‘z oila a’zolariga qilingan hujumlar haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lgan yoki “terrorizmni qo‘llab-quvvatlagan yoki o‘zlarini terrorchilikka qiyoslashgan” Isroil fuqarolari va anneksiya qilingan Sharqiy Quddus aholisiga nisbatan qo‘llaniladi.
Ular yetti yildan 20 yilgacha bo‘lgan muddatga G‘azo sektoriga yoki boshqa joyga deportatsiya qilinadi. Har kuni hujumlar sodir bo‘ladigan G‘azoda Isroil va Xamas o‘rtasidagi urush hamon davom etmoqda.
Sharhlar