Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas — isroillik mansabdor

Фото: AP

Isroillik mansabdor Reuters agentligiga Isroil Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning o‘limiga aloqador emasligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Bu ishni biz qilmadik”, — deya agentlik noma’lum qolishni istagan amaldorning gaplarini keltirib o‘tdi.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va boshqa rasmiy shaxslarni olbi ketayotgan vertolyot 19-may kuni mamlakat shimoli-g‘arbida halokatga uchradi. 20-may kuni ertalab Eron vitse-prezidenti Muhsin Mansuriy prezident va uning delegatsiyasi vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi. Delegatsiya Ozarbayjonga tashrifdan keyin qaytib kelayotgan edi, u yerda Raisiy va uning ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev “Giz Galasi” gidrotugunining ochilishi va Araks daryosida “Xudaferin” gidrotuguni ishga tishirilishi marosimida qatnashgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.