Isroil AQShdagi prezidentlik saylovlarigacha Eronga javob zarbasini bermoqchi — CNN

Фото: РИА

Isroil Eronga javob zarbasi berish rejasini tayyorladi va uni AQShdagi prezidentlik saylovlaridan oldin amalga oshirmoqchi, deb yozadi CNN bu haqda. Telekanalga manbaning aytishicha, reja tayyor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar, jumladan, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu Qo‘shma Shtatlarni zarba Eronning neft yoki yadroviy inshootlarini emas, balki harbiy obуektlarini nishonga olishiga ishontirgan. The Washington Post  gazetasi bir kun oldin xuddi shu haqda xabar bergan edi.

CNN kanalining AQSh rasmiylari orasidagi manbalariga ko‘ra, zarba AQShda saylovlar bo‘lib o‘tadigan 5-noyabrdan oldin berilishi kutilmoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, zarba vaqti va ko‘lami Isroil hukumati ichida “kuchli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan” va AQShdagi saylovlarga bevosita bog‘liq emas.

Biroq, CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, Netanyaxu “Isroilning Qo‘shma Shtatlardagi harakatlarining har qanday potentsial siyosiy oqibatlariga juda ta’sirchan ko‘rinadi”.

Eron 1-oktyabr kuni Xamas yetakchisi Ismoil Xoniya va “Hizbulloh” rahbari Xasan Nasrullohning o‘ldirilishiga javoban Isroilga katta hujum uyushtirdi va 181 ta ballistik raketani otdi. Netanyaxu Eron “katta xato qildi va buning uchun to‘laydi” dedi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.