WP: Isroil AQShni Ismoil Haniya qotilligi uchun javobgarligi haqida xabardor qildi
Isroil tomoni Xamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi haqidagi xabarlardan so‘ng darhol uning o‘limiga aloqadorligi haqida Qo‘shma Shtatlarni xabardor qildi, deb yozadi The Washington Post (WP) manbalarga tayanib. Qayd etilishicha, Isroil uning o‘limiga izoh berishdan rasman bosh tortgan.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Amerika rasmiylari harakatning Siyosiy byurosi rahbarining o‘limi haqidagi xabarga “hayrat va g‘azab” bilan munosabat bildirishgan. Shu bilan birga Vashington Ismoil Haniyaning o‘limini G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar yo‘lidagi jiddiy zarba sifatida baholadi. WP ta’kidlashicha, uning o’limidan oldin Amerika rasmiylari bu yo’nalishda muvaffaqiyatga erishganiga ishonishgan.
Nashrning yozishicha, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Eronga bilvosita bosim o‘tkazish bo‘yicha diplomatik kampaniyaga rahbarlik qilgan. U Qohira, Bag‘dod va boshqa arab poytaxtlaridagi yuqori martabali amaldorlardan javob choralarida vazminlik ko‘rsatishni so‘raydi, deya qayd etadi WP.
Ismoil Haniya 31-iyul kuni Tehronda o‘ldirilgan.
Sharhlar