Isroil Bayrutdagi Al Mayadeen telekanali studiyalari joylashgan binoga hujum qildi
Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchilari Bayrut janubidagi birinchi qavatda Al Mayadeen telekanali studiyasi joylashgan binoga raketa bilan zarba berdi. Bu haqda Al Hadath yozadi.
Qayd etilishicha, telekanal xodimlari portlash boshlanishidan avval binoni tark etgan.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, raketa binoning ikkinchi qavatidagi turar-joy kvartirasiga kelib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu xonadonda “Hizbulloh” yetakchilaridan biri yashagan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar olovni lokalizatsiya qilishgan. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot hozircha olinmagan.
Ulashish:
Sharhlar