Isroil Bayrutga zarba berdi, “Hizbulloh” rahbariyatining a’zosi halok bo‘ldi – TASS
Isroil mudofaa armiyasi Livan poytaxtiga “maqsadli zarba” berdi, buni “SAXAL” vakillari tasdiqladi. TASS agentligining shahardagi muxbiri ma’lum qilishicha, Bayrutning janubiy chekkasida tutun paydo bo‘lgan. Mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda turarjoy massivlaridagi binolarning vayronagarchiliklari va shikastlanishi aks etgan videolarni joylashtirmoqda. Livanning NNA axborot agentligi xabariga ko‘ra, hujumda 5 nafar bola halok bo‘lgan.
Rossiya axborot agentligining mahalliy OAVga tayanib yozishicha, hujum natijasida “Hizbulloh rahbariyatining a’zosi” halok bo‘lgan. Isroilning Channel 12 telekanaliga ko‘ra, hujum nishoni guruhning maxsus operatsiyalar qo‘mondoni Ibrohim Aqil bo‘lgan.
“Al-Jazira” telekanali “SAXAL” Livan janubidagi “Hizbulloh” nishonlariga ham bir qator zarbalar bergani haqida xabar beradi.
Sharhlar