Isroil BMT agentligining o’z hududida faoliyatini taqiqlaydi

Фото: © Getty Images

Isroil parlamenti (Knesset) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi (UNRWA)ning mamlakatdagi faoliyatini taqiqladi. Bu haqda Haaretz nashri xabar berdi.

Parlament tegishli qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatladi. Taqiqni 92 deputat yoqlab, 10 nafari qarshi chiqdi.

Bundan buyon UNRWA Isroil hududida o‘z vakolatxonalariga ega bo‘la olmaydi va mamlakatda o‘z faoliyatini olib borolmaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.