Isroil BMT bosh kotibini non-grata shaxs sifatida e’lon qildi
Isroil BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni non grata shaxs sifatida tan oldi, deb yozadi The Jerusalem Post nashri yahudiy davlati tashqi ishlar vaziri Israel Katsning bayonotiga tayanib.
Gazetaning qayd etishicha, Isroil rasmiylari janob Guterrishning Eron raketa hujumini “shak-shubhasiz qoralay olmagani”ni hisobga olib, shunday qarorga kelgan.
Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xumanaiy Livandagi “Hizbulloh” guruhi yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘limiga va mintaqadagi umumiy vaziyatga izoh bergani haqida avvalroq yozgan edik. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi hozirgi keskinliklar ortida mintaqaga tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga qodirligi haqida yolg‘on da’volar qilayotgan “AQSh va ayrim Yevropa davlatlari” turibdi.
Sharhlar