Isroil janubiy Livanga zarba berdi
Isroil Livan janubiga zarba berdi, 10 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi. Zarba Nabatiya provintsiyasida amalga oshirildi, deb yozadi Times of Israel nashri.
Halok bo‘lganlarning barchasi Suriya fuqarolari, ularning orasida bir ayol va uning ikki farzandi ham bor. Yana besh kishi jarohatlangan. Aholining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hududda zavodlar joylashgan bo‘lib, ishchilar yashaydi.
“SAXAL”ning bildirishicha, zarba nishoni Hezbolloh foydalanadigan qurol ombori bo‘lgan.
Isroil hujumiga javoban Hezbolloh Isroil shimoliga 55 ta raketa otdi. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
Ulashish:
Sharhlar