Isroil mudofaa armiyasi Bayrutdagi “Hizbulloh” markaziy shtabiga zarba berdi

Фото: Reuters

Isroil harbiylari “Hizbulloh” haarkatining Bayrutdagi markaziy shtabiga zarba berdi, deya xabar beradi Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL)ning telegram kanali.

“Bir muncha vaqt oldin “SAXAL” Bayrutdagi Dahiya markazida joylashgan turar-joy binolari orasidagi “Hizbulloh” terrorchilik tashkilotining markaziy qarorgohiga nuqtali zarba berdi”, — deyiladi Isroil armiyasining xabarida.

Isroilning Ynet portali xabar berishicha, zarba nishoni “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh bo‘lgan. Biroq, portlash vaqtida uning binoda bo‘lgani yoki bo‘lmagani hozircha noma’lum, deya qayd etadi X ijtimoiy tarmog‘ida Isroil armiyasi radiosi.

Al Jazeera muxbirining xabar berishicha, Dahiyadagi Haret Xreyk munitsipalitetida “katta vayronagarchiliklar” bo‘lgan, to‘rtta bino butunlay vayron bo‘lgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.