Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektorida Xamas hukumatining rahbari yo‘q qilingani haqida ma’lum qildi
Uch oy oldin Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) G‘azo sektoridagi Xamas hukumati rahbari va Falastin harakatining yana ikki yuqori martabali vakilini yo‘q qilgan edi. Bu haqda “SAXAL” o‘z Telegram-kanalida xabar beradi.
“SAXAL” va Isroil harbiy-havo kuchlarining G‘azo sektoridagi qo‘shma zarbasi natijasida Xamasning G‘azo sektoridagi hukumati rahbari Rauxi Mushtaxa, Xamasning siyosiy byurosida xavfsizlik boshlig‘i lavozimida va Xamas Mehnat qo‘mitasida ishlagan Samex as-Siroj, shuningdek, umumiy xavfsizlik apparati qo‘mondoni Sami Auda yo‘q qilingan.
Sentyabr oyi oxirida Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya janubida Xamasning dala qo‘mondoni Ahmad Muhammad Fahdani yo‘q qilgandi.
Ulashish:
Sharhlar