Isroil Rafahga zarba berdi, to‘rt kishi halok bo‘lib, 16 kishi jabrlandi
Isroil G‘azo sektoridagi Rafah shahriga zarba berdi, natijada kamida to‘rt kishi halok bo‘lib, 16 kishi jabrlandi, deb xabar beradi “Kommersant”. Zarba Isroil armiyasi tomonidan Rafahdan g‘arbda joylashgan Tal as-Sultan hududidan berilgan.
Al Jazeera telekanali ma’lum qilishicha, Isroil jangovar vertolyotlari G‘azo janubida joylashgan Zaytun tumaniga raketa uchirgan. Shuningdek, G‘azo janubidagi Sabra tumani ham tunda Isroil armiyasining davomli zarbalariga uchragan.
Rafah G‘azo sektori janubida joylashgan bo‘lib, uning aholisi so‘nggi yarim yil ichida 1,5 million kishigacha ko‘paydi, chunki falastinliklar boshpana qidirib shaharga kela boshlagan. Rafah Misr bilanchegarada joylashgan bo‘lib, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazishda muhim punkt bo‘lib hisoblanadi.
Rafahga hujum haqidagi xabarlardan avvalroq Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida yarashuv haqidagi taklifni qabul qilishga tayyorligini bildirgandi. Biroq Binyamin Netanyaxu 30-aprelda operatsiya o‘tkazilishi HAMAS bilan asirlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarga bog‘liq emasligini aytgandi.
Sharhlar