Isroil Suriyadagi avtomobil zavodiga hujum qildi
Isroil armiyasi Suriyaning Xoms viloyatidagi avtomobil zavodiga, shuningdek, Xoms shimolidagi Xama shahridagi harbiy obyektga hujum qildi, deya xabar bermoqda Sana axborot agentligi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, hujum natijasida qurbonlar yoʻq.
“Al-Hadas” nashrining ta’kidlashicha, Isroil hujumidan maqsad Suriya armiyasining qurol-yarog‘ omborlari bo‘lgan. Isroil mudofaa kuchlari (IDF) hozircha voqea yuzasidan izoh bermadi.
8-oktabr kuni Isroil Damashqdagi turar-joy binosiga hujum qilib, 7 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi.
Al-Hadasning xabar berishicha, IDning nishoni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va Hizbulloh yetakchilari tez-tez uchrashadigan bino bo‘lgan. Suriya televideniyesi Eron elchixonasi hujum sodir boʻlgan joyga yaqin joylashganini taʼkidladi.
Sharhlar