Isroil TIV rahbari Turkiyani NATOdan chiqarishga chaqirmoqda

Фото: DW

Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning Isroilga qarshi tahdidlariga javoban Turkiyani NATOdan zudlik bilan chiqarib yuborishga chaqirdi.

Kas Erdo‘g‘onni Turkiyani “Eron yovuzlik o‘qi”ning bir qismiga aylantirganlikda aybladi va Isroil 2023-yil 7-oktyabrdagi hujumdan buyon kurashib kelayotgan Xamas terrorchilik guruhi a’zolariga Anqara boshpana berganini eslatdi.

Kas, shuningdek, Erdo‘g‘onning harakatlarini Iroq diktatori Saddam Husayn siyosati bilan qiyoslab, Isroilga hujum qilish tahdidi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Turkiya prezidenti, o‘z navbatida, Isroil ishlariga aralashish imkoniyati haqida bildirib, buni Turkiyaning Liviya va Qorabog‘dagi harakatlari bilan qiyosladi.

Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti fonida yomonlashgan. Erdo‘g‘on Xamasni “ozodlik tashkiloti” deb atagan va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Adolf Gitlerga qiyoslagan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.