Isroil prezidenti G‘azoda gumanitar ishchilarga berilgan zarba uchun uzr so‘radi

израиль
Фото: Арат медиа

Isroil prezidenti Itsxak Gersog G‘azo sektoriga berilgan va World Central Kitchen (WCK) xayriya tashkilotining yetti nafar xodimi o‘limiga sababchi bo‘lgan aviazarba uchun uzr so‘radi. Bu haqda prezident ofisi bayonot tarqatdi, deb yozadi BBC.

Gersog WCK’ga rahbarlik qiluvchi amerikalik bosh oshpaz Xose Andres bilan bog‘lanib, odamlarning fojiali ravishda halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik bildirgan va uzr so‘ragan.

Aviazarba oqibatida halok bo‘lganlar Britaniya, Polsha, Avstraliya, Kanada va AQSH fuqarolari bo‘lib, ushbu mamlakatlar hujumni qoralab, Isroildan surishtiruv o‘tkazishni talab qilgan edi.

Hujumdan keyin G‘azo sektoriga asosiy oziq-ovqat yetkazib beruvchilardan biri bo‘lgan WCK o‘z faoliyatini to‘xtatgan va sektorga gumanitar yordam yetkazib berish yana muammo ostida qolgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.