Isroilda Galantni zudlik bilan Mudofaa vaziri lavozimidan bo‘shatishga chaqirishmoqda
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir mudofaa vaziri Yoav Galantni zudlik bilan ishdan bo‘shatishga chaqirmoqda, deb yozadi TASS.
Ben-Gvirning fikricha, Isroil Livan bilan chegaradagi vaziyatga yechim topishi kerak.
“Bir necha oydan beri men Bosh vazir Netanyaxuni Galantni ishdan bo‘shatishga chaqirib keldim va buni zudlik bilan amalga oshirish vaqti keldi, shia Hizbulloh harakati tomonidan o‘qqa tutilishi deyarli bir necha yil davom etgan Shimoliy Isroildagi vaziyat bo‘yicha qaror qabul qilinishi kerak. Galant bu vaziyatni boshqara oladigan odam emas”, – deydi Ben-Gvir.
Ulashish:
Sharhlar