Bir nechta aviakompaniyalar Isroilga reyslarni bekor qildi
Isroil va Eron o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi fonida yettita aviakompaniya Isroilga reyslarni bekor qildi, deb yozadi DW. Isroil OAVlari xabarlariga ko‘ra, Delta, United Airlines, Lufthansa, Austrian Airlines, Brussels Airlines va Air India o‘zlarining Isroilga uchishi kerak bo‘lgan barcha reyslarini bekor qilgan. FlyDubai aviakompaniyasi esa rejalashtirilgan reyslarining ba’zilarini bekor qilgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroportida hozir taxminan 70 ming yo‘lovchi bor. Ularning ba’zilari mamlakatdan chiqib ketayotgan so‘nggi reyslarga ulgurib qolishga urinmoqda, boshqalar esa Isroilga qaytib kelolmay qolishdan xavfsirab, o‘z reyslarini umuman bekor qilmoqchi.
Yaqin Sharqdagi keskinlik Isroilning ikki nafar jiddiy dushmani o‘ldirilganidan keyin kuchayib ketdi. Aviareyslar Bayrutda “Hizbulloh” rahbari Fuad Shukur va Tehronda HAMAS rahbari Ismoil Xoniya o‘ldirilishiga Eron va Livanning ehtimoliy javoblariga Isroilning tayyorgarligi fonida bekor qilinmoqda. Shuningdek, 1-avgust kuni Isroil mudofaa armiyasi HAMAS harbiy boshlig‘i Muhammad Deyfning o‘limini ham tasdiqladi.
Sharhlar