Isroilning G‘azoga bergan zarbalari natijasida 93 kishi halok bo‘ldi

фото: ria.ru

Qo‘shma Shtatlar Isroilning G‘azo sektori shimolida joylashgan besh qavatli binoga uyushtirgan havo hujumi natijasida 93 kishi halok bo‘lgani va bedarak yo‘qolganini dahshatli deb baholadi. Bu haqda BBC xabar beradi.

Zarba seshanbaga o‘tar kechasi Bayt-Laxiya aholi hududiga berilgan. Halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar G‘azo sektorining Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan.

AQSh Davlat departamenti vakili Mettyu Millerning aytishicha, Vashington havo hujumi natijasida ko‘plab tinch aholi halok bo‘lganidan juda xavotirda. “Bu dahshatli oqibatlarga olib keladigan dahshatli voqea”, – degan u 20 bolaning o‘limini aolohida ta’kidlab.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasi qo‘mondonligi tinch aholining o‘limi haqidagi xabarlarni tekshirayotganini ma’lum qilgan. Oxirgi ikki hafta ichida isroillik harbiylar G‘azo sektori shimolida, xususan Jabaliya, Bayt Xanun va Bayt Lahiyada keng ko‘lamli reydlar o‘tkazmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.