Isroilning Livanga bergan zarbalarining qurbonlari 558 kishiga yetdi
Dushanba kuni Isroilning Livan janubi va sharqidagi aholi punktlariga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 558 kishiga yetgan. Bu haqda mamlakat muvaqqat hukumatining sog‘liqni saqlash vaziri Firas Abyad jurnalistlarga ma’lum qilgan.
“Livanning turli hududlarida Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni 558 nafarga yetdi, ulardan 50 nafari bola va 94 nafari ayol”, — deydi Abyad.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yaradorlar soni 1835 nafarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 23-sentyabr kuni Isroil aviatsiyasi Livan janubi va sharqidagi aholi punktlariga ommaviy zarbalar berishni boshlagan edi. O‘nlab qishloqlar va bir qator hududiy aholi punktlari zarbalar ostida qolgan. “Hizbulloh” jangarilari o‘z navbatida Isroil shimoliga o‘nlab raketalarni otgan.
17 va 18-sentyabr kunlari Livanning turli qismlarida peyjerlar va aloqa vositalarining ommaviy portlashi natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan va 3 mingga yaqin kishi yaralanganidan so‘ng, har ikki tomondan o‘qqa tutish jadalligi yanada kuchaygan.
Sharhlar